2D, 2.5D va 3D o‘yinlar
Klassik Space Invaders'dan tortib, platformer va third-person shooter'larga qadar keng turdagi o‘yinlarni ishlab chiqasiz.
Level dizayni va vizual effektlar
Yoritish texnikalarini o‘zlashtirasiz, Timeline va Cinemachine yordamida sahnalar yaratishni o‘rganasiz.
Puzzle o‘yinlar va fizika simulyatsiyalari
Harakat dinamikasi, fizik effektlar va foydalanuvchi interfeysi asosida o‘yinlar yaratish bo‘yicha tajriba orttirasiz.
Mobil va PC uchun o‘yinlar
Turli platformalar uchun optimizatsiya qilingan o‘yinlar ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz.
XR (AR va VR) texnologiyalari
Raqamli obyektlarni haqiqiy muhitga joylash, VR boshqaruvi va interaktiv tajribalar yaratishni o‘rganasiz.
Unreal Engine va C++
Blueprint yordamida vizual skriptlash, Unreal Engine muhiti va C++ asoslarini chuqur o‘zlashtirasiz.
Muhim tamoyil
Sizga tayyor o‘yin kodlari emas, balki mustaqil ravishda o‘z orzuingizdagi o‘yinni yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalar beriladi.